Live
3
O'zbek

Luish Nani professional futbolchilik faoliyatini yakunladi

Futbol
5 noyabr, 01:40
    7
39 yoshli futbolchining so‘nggi jamoasi Qozog‘istonning «Aktobe» klubi bo‘ldi.
Luish Nani professional futbolchilik faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images

Qozog‘istonning «Aktobe» klubida to‘p tepgan portugaliyalik futbolchi Luish Nani 39 yoshida professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Bu haqda KazFootball.kz nashri klub matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda. Shu tariqa, tajribali futbolchi «Aktobe» safini ham tark etdi.

Nani Qozog‘iston klubidagi uchrashuvlarning 43 foizida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Uning umumiy o‘yin vaqti esa mavjud daqiqalarning 47 foizini tashkil etgan.

Portugaliyalik futbolchi Qozog‘iston kubogida ikkita uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol ham urgan. Umuman olganda, Nani «Akobe» safida barcha musobaqalar doirasida 26 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ushbu bahslarda 3 ta gol urib, 5 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Nani faoliyati davomida «Manchester Yunayted» va Portugaliya milliy jamoasidagi o‘yinlari bilan tanilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aktobe Aktobe
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar