Live
1
O'zbek

Yamal YChLda Mbappening rekordini yangiladi

Futbol
4 noyabr, 04:40
    10
«Barselona» vingeri turnirda eng ko‘p gol urgan o‘smirga aylandi.
Yamal YChLda Mbappening rekordini yangiladi
Foto: Getty Images
03.11.2026 FT Chempionlar ligasi Barselona Barselona 3 : 0 Aston Villa Aston Villa

Lamin Yamal Chempionlar ligasida Kilian Mbappening rekordini yangiladi.

«Barselona» vingeri «Aston Villa»ga (3:0) qarshi umumiy bosqichning 4-tur bahsida 7-daqiqada hisobni ochdi. Bu 19 yoshli futbolchining musobaqadagi 14-goli bo‘ldi.

Shu tariqa, Yamal Chempionlar ligasi tarixida o‘smir futbolchilar orasida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. Ispaniyalik vinger bu borada avval Kilian Mbappega tegishli bo‘lgan rekordni (13 ta gol) yangiladi.

«Barselona» YChLdagi navbatdagi bahsini 25 noyabr kuni Ozarboyjonda «Sabah»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Aston Villa Aston Villa
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh +7 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar