Oʻzbekiston milliy jamoasi 12 noyabr kuni oʻrtoqlik bahsi doirasida Rossiyani qabul qiladi.
Ushbu bellashuv uchun chiptalar iTicket.uzʻda sotuvga chiqdi. Chiptalar narxi — joyiga qarab 75000, 150000, 250000, 350000 va 1 million soʻm.
Maʼlumot uchun, oʻyin “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan soat 20:00da start oladi.
Eslatib oʻtamiz, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi Oʻzbekiston milliy jamoasi soʻnggi oʻyinini 6 oktyabr kuni safarda Janubiy Koreyaga qarshi oʻtkazib, 0:2 hisobida yutqazgandi. Avvalroq esa Toshkentda Suriya (4:1) va Fargʻonada Eron (3:1) magʻlub etilgan.
Oʻzbekiston — Rossiya oʻrtoqlik oʻyini uchun chiptalar sotuvga chiqdi
Futbol
4 noyabr, 07:10
28
Chiptalar narxi 75 mingdan 1 million soʻmgacha.
Foto: UFA
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi