«Barselona» Rafinya Dias bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga yaqin. Diario SPORT nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi 5 noyabr kuni klub bilan yangi bitim imzolashi kerak.
Tomonlar shartnoma shartlarini bir necha hafta avval kelishib olgan. Endilikda faqat zarur hujjatlarni imzolash qoldi. Yangi kelishuv 2030 yilgacha amal qilishi ko‘zda tutilgan.
Rafinya 2022 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilmoqda. U ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 13 ta bahsda qatnashib, 19 ta gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali 29 yoshli futbolchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rafinya 2022 yilda «Barselona»ga qo‘shilgan va shundan buyon jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylangan.