Bugun
60
O'zbek

«Barselona» ingliz klublariga qarshi mag‘lubiyatsiz seriyasini uzaytirdi

Futbol
4 noyabr, 02:40
    12
Kataloniyaliklar o‘z maydonida Angliya jamoalariga qarshi ketma-ket 16 ta bahsda yutqazmadi.
«Barselona» ingliz klublariga qarshi mag‘lubiyatsiz seriyasini uzaytirdi
Foto: Getty Images
03.11.2026 FT Chempionlar ligasi Barselona Barselona 3 : 0 Aston Villa Aston Villa

«Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Aston Villa»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba kataloniyaliklarning ingliz klublariga qarshi o‘z maydonidagi muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirdi.

UEFA matbuot xizmatining xabar berishicha, «Barselona» Yevropa musobaqalari doirasida Angliya jamoalariga qarshi uyda ketma-ket 16 ta bahsdan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti. Ushbu o‘yinlarning 11 tasida kataloniyaliklar g‘alaba qozongan, beshtasida durang qayd etilgan.

Umuman olganda, «Barselona» ingliz klublarini o‘z maydonida 39 marta qabul qilgan. Kataloniyaliklar atigi ikki bor mag‘lub bo‘lgan va har ikki safar «Liverpul»ga imkoniyatni boy bergan.

Ma’lumot uchun, «Aston Villa»ga qarshi bahsda Lamin Yamal hisobni ochdi, Rafinya esa dubl qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» ushbu g‘alaba orqali Chempionlar ligasi umumiy bosqichida to‘qqiz ochko jamg‘ardi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Aston Villa Aston Villa
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar