Live
2
O'zbek

Alisher Odilov «Traktor» bilan o‘yindagi vaziyatga izoh berib, «Neftchi» muxlislaridan uzr so‘radi

Futbol
4 noyabr, 04:15
    44
Futbolchi bo‘sh qoldirgan qanot sabab jamoasi g‘alabadan mahrumbo‘lgandi.
Alisher Odilov «Traktor» bilan o‘yindagi vaziyatga izoh berib, «Neftchi» muxlislaridan uzr so‘radi
Foto: Neftchi PFC
02.11.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Tractor Tractor 2 : 2 Neftchi Fargona Neftchi Fargona

«Neftchi» vingeri Alisher Odilov Elit OChL 4-turidan o‘rin olgan «Traktor»ga (2:2) qarshi bahsdagi harakatlari uchun uzr so‘radi.

Futbolchi so‘nggi soniyalarda jarohat olgan jamoadoshi Ibrohimxalil Yo‘ldoshevga tibbiy yordam ko‘rsatib, qanotni bo‘sh qoldirgan va shundan so‘ng Eron klubi hisobni tenglashtirgandi.

G‘alaba qo‘ldan chiqach, farg‘onaliklar ustozi Islom Ismoilov maydonda Odilovga o‘z e’tirozlarini bildirgan va futbolchi ham bunga javoban libosini yerga uloqtirib, jahl bilan tribuna ostiga yo‘l olgandi.

«Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!

Avvalo, uchrashuvdan keyin yuzaga kelgan vaziyatga befarq bo‘lmagan, meni qo‘llab-quvvatlagan va to‘g‘ri tushungan barcha insonlarga samimiy minnatdorligimni bildirmoqchiman.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida jamoadoshim, oshnam Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning maydondagi holatini eng yaqindan ko‘rib, unga yordam berdim va buni o‘zimning insoniy burchim deb bildim. Chunki ba’zi vaziyatlarda futbolchi sifatidagi maqoming, jamoang yoki o‘yindagi hisob emas, avvalo, inson ekanliging muhim ahamiyat kasb etadi.

Futbol — hissiyotlar, kurash va raqobat maydoni. Unda har kim g‘alaba qozonishni istaydi, har bir ochko uchun bor kuchini sarflaydi. Ammo hayotda shunday qadriyatlar borki, ularni hech qanday natija bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Inson salomatligi, o‘zaro hurmat va bir-biriga bo‘lgan mehr ana shunday qadriyatlardandir.

Ushbu holatga to‘g‘ri baho bergan, meni turli tanqidlardan himoya qilgan va eng muhimi, vaziyatga inson ko‘zi bilan qaragan barcha muxlislarga alohida rahmat aytaman. Ibrohimxalilga esa tezroq sog‘ayib, maydonga yanada kuchli bo‘lib qaytishini tilayman. Futbolda hali birgalikda ko‘plab g‘alabalar, kuboklar va unutilmas lahzalar oldinda!

Futbolkani hissiyotga berilib tashlab yuborganim uchun barcha «Neftchi» muxlislaridan uzr so‘rayman. Bu qilgan ishim noto‘g‘ri edi.

Insonning buyukligi uning maydondagi g‘alabalari bilan emas, balki hayotning sinovli lahzalarida qanday inson bo‘lib qolishi bilan o‘lchanadi. Futbol bizni raqobatga chorlaydi, insoniylik esa birlashtiradi!

Hurmat bilan Alisher Odilov»
, — deb yozdi 25 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tractor Tractor
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

44 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar