Live
3
O'zbek

Elit OCHL. Masharipov to‘liq o‘yagan bahsda «Istiqlol» «Al Shamal»dan ustun keldi

Futbol
3 noyabr, 13:27
    2
Rustam Ashurmatov esa uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 90-daqiqada maydonga tushdi.
Elit OCHL. Masharipov to‘liq o‘yagan bahsda «Istiqlol» «Al Shamal»dan ustun keldi
Фото: Getty Images
03.11.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Esteghlal Esteghlal 1 : 0 Al-Shamal Al-Shamal

Elit Osiyo Chempionlar ligasida 4-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Iroqning Basra shahridagi kechgan bellashuvda «Istiqlol» klubi «Al Shamal»ni qabul qildi. Unda eronliklar minimal hisobdagi g‘alabaga erishdi. Yagona gol 1-daqiqada Asani hisobiga yozildi.

Ushbu bellashuvda O‘zbekiston milliy jamomoasi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. Rustam Ashurmatov esa uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 90-daqiqada maydonga tushdi.

Mazkur uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqardi. Bosh hakam vazifasini Asker Najafaliyev bajardi. Unga qanotlarda Baxtiyorxo‘ja Shavkatov va Ruslan Serazitdinov yordam berdi. VAR tizimida Firdavs Norsafarov va Abdurashid Xudoyberganov faoliyat olib bordi.

Elit OCHL. 4-tur
Istiqlol – Al Shamal 1:0
Gol:
Asani 1.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Esteghlal Esteghlal
  • Al-Shamal Al-Shamal
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar