«Sanderlend» klubi rahbariyati bosh murabbiy Regis Le Bris bo‘yicha bir qarorga keldi.
Sky Sports News jurnalisti Kit Dauni xabar berishicha, «qora mushuklar» Premer-ligadagi qoniqarsiz natijalarga qaramay, bosh murabbiyiga ishonch bildirishda davom etadi.
Klub fransiyalik mutaxassisga ishonadi va unga keyingi o‘yinlarda ham imkoniyat berishga qaror qilgan. Rahbariyat uning vaziyatni o‘nglashiga ishonmoqda va murabbiyni klubning uzoq muddatli rejalarida muhim shaxs deb hisoblaydi. Shuningdek, jamoa sardori Granit Jaka ham Le Brisni qo‘llab-quvvatladi.
Ma’lumot uchun, «Sanderlend» 5 ochko bilan APL turnir jadvalida 20-o‘rinni egallagan.