AEK bosh murabbiyi Marko Nikolich «Real»ga qarshi kechadigan Chempionlar ligasi 4-turi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Ertaga bizni ajoyib uchrashuv kutmoqda. Ikki oy avval qur’a natijalari ma’lum bo‘lganidan buyon hamma faqat shu o‘yin haqida gapirmoqda. Jahon futbolidagi eng nufuzli — dunyoning eng kuchli klubini qabul qilamiz. Gap «Real» haqida ketmoqda. Uning safida ajoyib futbolchilar, jahon yulduzlari bor, klub esa juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Tabiiyki, bu uchrashuv atrofida katta hayajon hukm surmoqda. Odamlar bu qarama-qarshilik haqida anchadan buyon gapirishmoqda. Juda kuchli raqibga qarshi bahs kutmoqda. Biz ertangi o‘yinda katta natijaga erishishni orzu qilyapmiz. Ba’zan orzular yo‘lida astoydil mehnat qilinsa, ular amalga oshadi. Bu stadionda esa o‘ziga xos sehr bor.
Bo‘lajak bahsdan zavq olishga, xarakter ko‘rsatishga, o‘yinimizga ayrim o‘zgartirishlar kiritishga, ko‘p harakat qilishga, kurashishga va bor kuchimizni ishga solishga harakat qilamiz.
Bu stadionda qandaydir o‘ziga xos sehr mavjud. Bizning vazifamiz — ruhiyat, o‘ziga ishonch va mahorat orqali ana shu muhitni yuzaga chiqarish, ma’lum ma’noda tribunalarni olovlantirish», — dedi murabbiy.