«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»dagi sobiq bosh murabbiyi Erik ten Hagning navbatdagi tanqidiga munosabat bildirdi.
Niderlandiyalik mutaxassis avvalroq Ronaldu «Yuventus»ni tark etganidan so‘ng yuqori saviyadagi futbolchi maqomiga mos kelmay qolganini aytib o‘tgandi. Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan Football Uncensored dasturining yangi sonida portugaliyalik yulduzdan ten Hagning so‘zlariga javob berishni so‘raganini ma’lum qildi.
«Menimcha, u haqda gapirish uchun so‘z sarflashning hojati yo‘q”, — deya Ronaldu javobini keltirdi Morgan.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2023 yildan buyon Saudiya Arabistonining «An Nasr» safida to‘p tepmoqda. Futbolchining faoliyatidagi umumiy gollari soni 985 tani tashkil etmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi