«Andorra» prezidenti, «Barselona», «Manchester Yunayted» va Ispaniya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Jerar Pike «Tenerife» hujumchisi Xesus de Migelning vafoti yuzasidan munosabat bildirdi.
«Bundan chin qalbimdan afsusdaman. Joying jannatda bo‘lsin, Xesus», — deb yozdi Pike X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Xesus de Migel Ispaniya Segundasining 12-turi doirasida «Andorra»ga qarshi bahsning so‘nggi daqiqalarida raqib darvozaboni Xesus Ovono bilan to‘qnashib ketgan. Vaziyatda darvozabon to‘pni egallash uchun chiqqanida hujumchiga urilgan. De Migel ko‘krak qismiga zarba olganidan so‘ng shifoxonaga yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Tenerife» futbolchining vafoti haqidagi rasmiy xabarni 3 noyabr kuni ertalab e’lon qilgan edi.