Live
1
O'zbek

Skott Parker «Vest Hem» bosh murabbiyiga aylanadi

Futbol
3 noyabr, 08:30
Angliyalik mutaxassis London klubi bilan barcha shartlarni kelishib oldi.
Skott Parker «Vest Hem» bosh murabbiyiga aylanadi
Foto: Getty Images

Skott Parker «Vest Hem»ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishga kelishib oldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar barcha shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Yaqin vaqt ichida shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Parker ushbu lavozimda Nunu Eshpiritu Santuning o‘rnini egallaydi.

Ma’lumot uchun, Skott Parker futbolchilik faoliyati davomida «Vest Hem» sharafini ham himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Nunu Eshpiritu Santu «Vest Hem» bosh murabbiyligidan 3 noyabr kuni iste’foga chiqarilgani haqida xabar berilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Vest Hem Vest Hem
Bugungi yangiliklar