Live
3
O'zbek

YCHLning barcha bahslari Xesus de Migel xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Futbol
3 noyabr, 08:00
UEFA «Tenerife» hujumchisi vafoti munosabati bilan Yevrokuboklar o‘yinlarida xotira marosimi o‘tkazadi.
YCHLning barcha bahslari Xesus de Migel xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
Foto: Getty Images

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turidan o‘rin olgan barcha bahslar «Tenerife» futbolchisi Xesus de Migel xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati rasmiy saytida ma’lum qildi.

Shuningdek, ushbu haftada Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi bahslari ham bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi. UEFA prezidenti Aleksander Cheferin marhum futbolchining oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Ma’lumot uchun, Xesus de Migel Ispaniya Segundasining 12-turi doirasida «Andorra»ga qarshi bahsda (2:2) raqib darvozaboni Xesus Ovono bilan to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv vaqtida hujumchining ko‘krak qismiga zarba tekkan va uning yuragi to‘xtab qolgan. Futbolchi shifoxonaga olib ketilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, «Tenerife» Xesus de Migelning vafoti haqidagi rasmiy xabarni bugun, 3 noyabr kuni e’lon qilgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tenerife Tenerife
  • FC Andorra FC Andorra
  • Segunda Liga Ispaniya Segunda Liga Ispaniya
Bugungi yangiliklar