Live
3
O'zbek

Saliba «Arsenal» mashg‘ulotlariga qaytdi

Futbol
3 noyabr, 07:45
Fransiyalik himoyachining jarohatdan tiklanish jarayoni yakuniy bosqichga kirdi.
Saliba «Arsenal» mashg‘ulotlariga qaytdi
Foto: Getty Images

«Arsenal» markaziy himoyachisi Uilyam Saliba uzoq davom etgan jarohatdan so‘ng jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano 3-noyabr kuni ma’lum qildi.

Jurnalistning xabar berishicha, 25 yoshli futbolchining tiklanish jarayoni yakuniy bosqichga yetgan. Uning safga qaytishi London klubi uchun muhim yangilik bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Saliba ushbu yilgi Jahon chempionati yarimfinalida Fransiya milliy jamoasi safida belidan jarohat olgan va shundan buyon tiklanayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fransiyalik himoyachining musobaqalarga qaytishi barcha ishlar rejadagidek kechsa, dekabr oyida amalga oshishi mumkinligi xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar