O‘zbekiston Proligasining 25-turida «Olimpik Mobiuz» «Paxtakor-FJ» ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Daler Tuxsanov 45-daqiqada hisobni ochdi. Begis Kuanishbayev esa 65 va 69-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublga erishdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Olimpik Mobiuz» ochkolarini 45 taga yetkazib, turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Paxtakor-FJ» esa 13 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi.
Proliga. 25-tur
Olimpik Mobiuz — Paxtakor-FJ 3:0
Gollar: Tuxsanov 45, Kuanishbayev 65, 69.