«Liverpul» afsonasi Stiven Jerrard jamoa yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allisterning APL doirasida «Arsenal»ga qarshi o‘tkazgan bahsdagi o‘yinidan mamnun ekanini bildirdi.
«Liverpul» o‘z maydonida londonliklarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, Jerrard argentinalik futbolchining harakatlarini alohida e’tirof etdi.
«Mak Allister ajoyib o‘ynadi. Dastlabki 10–15 daqiqada «Arsenal» ustunlik qilganidan keyin «Liverpul» maydon markazini nazorat qila boshlagandek tuyuldi.
Yosh Tre Nyoni ham o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Menimcha, uni bunchalik erta almashtirish kerak emas edi.
Mak Allister, ehtimol, «Liverpul» safidagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. Uning hozirgi sport formasidan hayratdaman. U fantastik darajada yaxshi o‘ynamoqda», — deya Jerrardning so‘zlarini Overlap Daily nashri keltirdi.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» — «Arsenal» bahsida yagona gol 16-daqiqada Kay Havers tomonidan kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bellashuvda «Liverpul» o‘z maydonida 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi