Live
2
O'zbek

Virts «Arsenal»ga qarshi bahsdan so‘ng: «Jamoalar o‘rtasidagi farq katta emasdi»

Futbol
2 noyabr, 13:30
APLning 9 ta turidan keyin mersisaydliklar 15 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.
Virts «Arsenal»ga qarshi bahsdan so‘ng: «Jamoalar o‘rtasidagi farq katta emasdi»
Фото: Getty Images
01.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul 0 : 1 Arsenal Arsenal

«Liverpool» yarim himoyachisi Florian Wirtz Angliya Premyer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi uchrashuvdan (0:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Menimcha, jamoalar o‘rtasidagi farq katta emasdi. Uchrashuvning ancha uzoq qismida o‘yinni nazorat qildik. Qolaversa, yaratgan vaziyatlarimiz raqibnikidan ham xavfliroq bo‘ldi, deb o‘ylayman.

Umuman olganda, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, ayniqsa birinchi bo‘limda. Bir-ikkita yaxshi imkoniyatimiz, shuningdek, bir nechta yarim vaziyatlarimiz ham bo‘ldi. Ammo hal qiluvchi pallada aniqlik yetishmadi», — deya Wirtzning so‘zlarini keltiradi Anfield Sector.

Ma’lumot uchun, APLning 9 ta turidan keyin mersisaydliklar 15 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam «Arsenal» esa 24 ochko jamg‘argan holda jadvalni boshqarmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar