«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio «Arsenal» himoyachisi Rikardo Kalafiorini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi italiyalik 24 yoshli futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va uning atrofidagilarga o‘z qiziqishi haqida allaqachon ma’lum qilgan. Portugaliyalik mutaxassis Rikardoni dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb hisoblaydi.
Biroq «to‘pchilar» Kalafiorini sotish niyatida emas. Qayd etilishicha, London klubi 2027-yilda himoyachi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, «Real» Rikardoga muqobil variant sifatida «Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.
Bu mavsumda Kalafiori barcha turnirlar doirasida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.