Live
6
O'zbek

40 yoshli Milner marafonda 42 km masofani bosib o‘tdi

Futbol
2 noyabr, 08:45
    13
APL rekordchisi o‘tgan yozda faoliyatini yakunlagandi.
40 yoshli Milner marafonda 42 km masofani bosib o‘tdi
Foto: Getty Images

40 yoshli Jeyms Milner Nyu-York marafonida ishtirok etdi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq futbolchi 42,195 kilometr masofani 3 soat 9 daqiqa 4 soniyada bosib o‘tgan.

Milner o‘tgan yozda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. U faoliyati davomida «Nyukasl», «Aston Villa», «Manchester Siti», «Liverpul», «Brayton» va «Svindon» klublarida to‘p tepgan.

Sobiq yarim himoyachi Angliya Premyer-ligasida 658 ta bahsda maydonga tushgan. Bu musobaqa tarixidagi rekord hisoblanadi.

Ingliz futbolchisi uchta klub safida jami 13 ta sovrinni qo‘lga kiritgan: «Nyukasl» bilan 1 ta, «Manchester Siti» bilan 5 ta va «Liverpul» bilan 7 ta.

Shuningdek, Milner Angliya milliy jamoasi safida 61 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Jeyms Milner
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • AFC Liverpool AFC Liverpool
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

13 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar