Ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lgan, mag‘lubiyat nimaligini bilmagan Aleksandr Usik DAZN portaliga bergan intervyusida bir nechta jihatlar bo‘yicha o‘zining ideal bokschisini tuzib chiqdi.
Aleksandr Usik talqiniga ko‘ra, ideal bokschi:
* Tezlik: Vasiliy Lomachenko.
* Himoya: Saul Alvares.
* Jismoniy kuch: Entoni Joshua.
* Oyoq harakatlari: Vasiliy Lomachenko.
* Boks intellekti: Tayson Fyuri.
* Chidamlilik: Naoya Inoue.
* Texnika: Shakur Stivenson.
* Ruhiy tayyorgarlik: Terens Krouford.
Ukrainalik bokschi professional faoliyati davomida 25 ta g‘alaba qayd etgan bo‘lib, ularning 16 tasida raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Uning hisobida birorta ham mag‘lubiyat yo‘q.
Usik professional boksdagi faoliyatini 2013 yil noyabr oyida boshlagan. Shuningdek, u 2012 yilgi London Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqasida chempion bo‘lgan.
Usik tezlik, himoya, kuch va intellekt kabi jihatlar bo‘yicha ideal bokschini «yig‘di»
Boks
2 noyabr, 08:18
Ukrainalik chempion ikki jihat bo‘yicha hamyurtini e’tirof etdi.
Foto: Getty Images