Toshkent shahar hokimi «Paxtakor» rahbariyati, murabbiylari va futbolchilari bilan uchrashdi hamda klubni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
«Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov «Paxtakor» futbol klubi jamoasi — ma’muriyat va murabbiylar shtabi vakillari, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassislar, jamoa sardori hamda futbolchilar bilan uchrashdi.
«Paxtakor» — milliy boylik, poytaxt va mamlakatimiz sporti tarixining bir qismi. Ushbu merosni asrab-avaylash klubni zamonaviy tendensiyalarga mos ravishda izchil rivojlantirishni talab etadi. O‘sish uchun muhim poydevor allaqachon mavjud: «Paxtakor» akademiyasi futbolchilarni tayyorlash bo‘yicha CIES Footbal Observatory global reytingida 46-o‘rinni egalladi.
Uchrashuvda zamonaviy futbol iqtidorlarni izlab topish, ularning kasbiy mahoratini oshirish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish va halol sport raqobatini qamrab olgan butun bir ekotizim ekanligi ta’kidlandi. Uning negizini olimpiya qadriyatlari, o‘zaro hurmat va sog‘lom raqobat ruhi tashkil etadi.
Uchrashuv jamoa a’zolari, jumladan, jamoa sardori bilan ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Unda klub faoliyatiga oid dolzarb masalalar, ularni hal etish bo‘yicha takliflar hamda ulkan maqsadlarga erishish uchun zarur shart-sharoitlar muhokama qilindi. Zamonaviy menejmentni joriy etish va «Paxtakor» tarixiga munosib imijni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, klubning moddiy-texnik bazasini yangilash va yaxshilash, xususan, futbolchilarni reabilitatsiya qilish va salomatligini tiklash, ularning jismoniy holatini bir maromda saqlash hamda mas’uliyatli o‘yinlarga to‘laqonli tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur uskunalar bilan jihozlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Umumiy vazifa: klub o‘yinchilarining fikr-mulohazalari asosida —
jamoa an’analarini asrab-avaylash, uning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish va yangi marralarni zabt etishdan iborat», — deb yozadi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Paxtakor»ga hokimlik tomonidan 5 milliard so‘m ajratilgandi.
Toshkent shahar hokimi «Paxtakor» rahbariyati va futbolchilari bilan uchrashdi
Futbol
1 noyabr, 17:30
Uchrashuvda klubning ulkan maqsadlarga erishishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Foto: FC Pakhtakor
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi