Live
19
O'zbek

Aziz Xolmurodov — Superliganing ushbu mavsumdagi eng tezkor goli muallifi

Futbol
1 noyabr, 08:20
Olmaliqliklar futbolchisi 25-soniyada «Lokomotiv» darvozasini ishg'ol etdi.
Aziz Xolmurodov — Superliganing ushbu mavsumdagi eng tezkor goli muallifi
Foto: OKMK

O‘zbekiston Superligasining 26-turi doirasida OKMK Toshkentda «Lokomotiv» mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bahsdagi hisobni Aziz Xolmurodov atigi 25-soniyada ochdi.

Mazkur gol ushbu mavsum Superligasidagi eng tezkor gol sifatida qayd etildi. 11-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

G‘alaba to‘pi esa 90+1-daqiqada kiritildi. Zaxiradan maydonga tushgan Siyavash Haqnazariy Ali Abdurahmonovning uzatmasidan keyin OKMKga uch ochko taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, OKMK ushbu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 45 taga yetkazib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Lokomotiv» esa 40 ochko bilan yettinchi pog‘onada qoldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • ОКМК ОКМК
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar