Italiya chempionatining 10-tur doirasida «Milan» derbida «Inter»ni qabul qildi. Bellashuv 3:1 hisobida «rossoneri»ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Pulishich, Rabo va Moreyra mezbonlar safida gollarga mualliflik qildi. Mehmon jamoaning yagona goli esa Bastoni hisobiga yozildi.
Bu g‘alabadan so‘ng Ruben Amorim jamoasi ochkolari sonini 21 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Inter» esa 25 ochko bilan 2-pog‘onada.
A Seriya. 10-tur
Milan — Inter 3:1
Gollar: Pulishich 4, Rabo 10, Moreyra 43 – Bastoni 22.
Milan – Menyan, Jila, De Vinter, Pavlovich, Diavara (Bartezagi, 83), Moreyra, Musa (Yashari, 83), Modrich, Pulishich (Sisse, 83), Rabo, Ramush.
Inter – Martinez, Bissek (Bonni, 82), Akanji, Bastoni (Dimarko, 82), Spens, Barella (Esposito, 82), Diuf (Mxitaryan, 72), Chalhono‘g‘li, Karlos Augusto, Suchich, Tyuram.
Ogohlantirishlar: De Vinter 49, Moreyra 52.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi