Live
3
O'zbek

De Zerbi: «Ko‘proq gol urishimiz kerak»

Futbol
31 oktabr, 17:18
«Taqachilar» ochkolari sonini 12 taga yetkazib, turnir jadvalida 9-pog‘onada bormoqda.
De Zerbi: «Ko‘proq gol urishimiz kerak»
Фото: Getty Images

«Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi Angliya Premer-ligasining 9-turida «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuvda (2:0) jamoasining o‘yinidan mamnun ekanini bildirdi.

«Jamoamizning o‘yinidan juda mamnunman. Bu nihoyatda qiyin uchrashuv bo‘ldi. Maydonda har ikki jamoa 11 nafardan futbolchi bilan harakat qilganida o‘yin qanday kechishini aytish qiyin. Ammo «Kristal Pelas» juda murakkab raqib. Ular past himoya chizig‘ida o‘ynaydi, bo‘sh hudud qoldirmaydi. Biz esa yetuk jamoaga aylanganimizni ko‘rsata oldik.

Ehtimol, yanada ko‘proq gol urish istagi va keskinlik bilan harakat qilganimizda, ko‘proq gol kiritishimiz mumkin edi. Ammo ko‘plab vaziyatlar yaratganimiz uchun juda mamnunman. Biz, albatta, ko‘proq gol urishimiz kerak. Hozirgi natija yetarli emas, biroq jamoa ancha o‘sishga erishmoqda.

Uchrashuvdan oldin juda hayajonlandim, o‘yin davomida ham, raqib futbolchi chetlatilganidan keyin ham hayajonim bosilmadi. Bizga barcha futbolchilari himoyaga qaytib, zich himoyalangan va keskin kurash olib borgan jamoa raqiblik qildi. Bu juda qiyin uchrashuv bo‘ldi», - dedi italiyalik mutaxassis BBC nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng «taqachilar» ochkolari sonini 12 taga yetkazib, turnir jadvalida 9-pog‘onada bormoqda.

Bugungi yangiliklar