«Manchester Siti» yarim himoyachisi Elliot Anderson Angliya Premyer-ligasining 9-turida «Brayton»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyat (0:1) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Ko‘plab golli vaziyatlar yaratdik. Mag‘lubiyatga uchrash juda alamli. O‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Boshqa kuni 3-4 ta gol urishimiz mumkin edi. Endi bir necha kundan keyin Chempionlar Ligasidagi o‘yinda o‘zimizni tiklab olishimiz kerak. Maydon markazida raqib futbolchilarini shaxsan nazorat qildik, qanot hujumchilarimiz esa yuqoriroq va kengroq joylashdi. O‘yin maydonini kengaytirishga harakat qildik, ammo yaratgan imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Bu juda achinarli va bu borada ishlashimiz kerak.
Natijadan juda xafamiz. Yetarlicha yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Biz mag‘lub bo‘lishni istamaymiz, ammo birdamlikni saqlashimiz shart. Mavsumni juda yaxshi boshlagan edik, biroq hozir ketma-ket ikkita omadsiz natija qayd etdik. Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak», — deya futbolchining so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.