Live
3
O'zbek

Mareska: «Hech bo‘lmaganda bir ochkoga loyiq o‘yin ko‘rsatdik»

Futbol
31 oktabr, 17:30
Manchesterliklar ustozi jamoasining mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.
Mareska: «Hech bo‘lmaganda bir ochkoga loyiq o‘yin ko‘rsatdik»
Фото: Getty Images
31.10.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 0 : 1 Brayton Brayton

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska «Brayton»ga (0:1) qarshi o‘yindan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Ochko olish uchun yetarlicha vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. Hech bo‘lmaganda bir ochkoga loyiq o‘yin ko‘rsatdik. Ba’zan xatolar bo‘lib turadi. Afsuski, hozir futbolchilarimiz shunday xatolarga yo‘l qo‘yishmoqda. Vaziyatni tahlil qilib, nimani yaxshiroq bajarishimiz mumkinligini tushunib olishimiz kerak.

Biz osonlikcha oldini olish mumkin bo‘lgan, juda oddiy gollarni o‘tkazib yubormoqdamiz. Albatta, natijadan norozimiz. Mag‘lubiyatdan keyin hech kim xursand bo‘lmaydi. Barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozona olmasligimizni tushunardik. Bunday davrlar bo‘lib turadi, shuning uchun imkon qadar tezroq oldinga harakat qilishimiz kerak», — deya murabbiyning so‘zlarini Sky Sports keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» 21 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Brayton Brayton
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar