Live
4
O'zbek

La Liga. «Betis» autsayder «Malaga»dan ustun keldi

Futbol
31 oktabr, 16:53
    1
«Betis» ochkolari sonini 23 taga yetkazib, 4-o‘rinda bormoqda.
La Liga. «Betis» autsayder «Malaga»dan ustun keldi
Фото: Getty Images
31.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Betis Betis 2 : 1 Malaga Malaga

Ispaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Betis» o‘z maydonida «Malaga»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Hisob 38-daqiqada ochildi. Mark Bartra raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Betis»ni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning 45+2-daqiqasida Pablo Fornals yana bir bor «Malaga» darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining ustunligini ikki golga yetkazdi.

Tanaffusdan keyin «Malaga» o‘yin borishini o‘zgartirishga harakat qildi va 68-daqiqada bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Adrian Nino hisobdagi farqni minimal darajaga qisqartirdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Betis» ochkolari sonini 23 taga yetkazib, 4-o‘rinda bormoqda. «Malaga» esa 5 ochko bilan 20-pog‘onada.

La Liga. 11-tur
Betis – Malaga 2:1
Gollar:
Bartra 38, Fornals 45+2 – Nino 68
Betis – Valles, Bellerin (Ortiz, 83), Bartra, Natan, Fran Garcia, Riquelme (Antoni, 61), Isko (Sebalyos, 62), Fornals (Deossa, 84), Roka, Abde, Perrott (Ruibal, 75).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Betis Betis
  • Malaga Malaga
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar