Germaniya chempionatining 8-turining markaziy bellashuvida «Bavariya» va «Borussiya D» jamoalari o‘zaro bellashdi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi. Dastlab Laymer hisobni ochdi. 60-daqiqada Girassi muvozanatni tikladi. 66-daqiqada Upamekano yana mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo 89-daqiqada Silva mehmonlarni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.
Shuningdek, 56-daqiqada Keyn penaltidan foydalana olmadi. Saybari, Gnabri va Olise jarohat sabab maydonni tark etdi.
Bu natijadan so‘ng har ikki jamoa 18 ochkodan to‘plab, turnir jadvalida 1 va 2-o‘rinlarni o‘zaro bo‘lishib turibdi.
Bundesliga. 8-tur
Bavariya – Borussiya D 2:2
Gollar: Laymer 38, Upamekano 66 – Girassi 60, Silva 89.
Bavariya: Urbig, Laymer, Upamekano, Kim Min Je, Devis, Kimmix, Pavlovich, Gnabri (Stanishich, 31), Saybari (Braun, 29), Olise (Karl, 84), Keyn.
Borussiya D: Kobel, Anton, Shlotterbek, Gadu (Ryerson, 87), Svensson, Verman, Nmecha (Fabiu Silva, 76), Chukvuemeka (Zabitser, 67), Job Bellinghem (Inasio, 87), Bayer (Karatas, 67), Girassi.
Ogohlantirishlar: Stanishich 53, Laymer 74 – Bellinghem 6.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi