Live
3
O'zbek

«Bavariya» Edegorni «Arsenal»dan sotib olishi mumkin

Futbol
30 oktabr, 16:09
Londonliklar sardorining amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi.
«Bavariya» Edegorni «Arsenal»dan sotib olishi mumkin
Фото: Getty Images

«Arsenal» yarim himoyachi Martin Edegor bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, futbolchini sotish masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Sky Germany xabar bermoqda.

Londonliklar sardorining amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi. Norvegiyalik 27 yoshli futbolchi uchun faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan variantlardan biri sifatida «Bavariya» ko‘rilmoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, myunxenliklar va futbolchining atrofidagi vakillari o‘rtasida bir necha yildan buyon aloqa saqlanib kelmoqda. Edegorning o‘zi ham «Bavariya» safida to‘p tepish imkoniyatini istisno etmayapti.

Ma’lumot uchun, bu mavsumda Martin «to‘pchilar» safida barcha turnirlar doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar