Live
3
O'zbek

Angliya Liga kubogining chorak finaliga qur’a tashlandi

Futbol
30 oktabr, 16:31
Chorak final uchrashuvlari dekabr oyining o‘rtalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Angliya Liga kubogining chorak finaliga qur’a tashlandi
Фото: Getty Images

Angliya Liga kubogining chorak final bosqichiga yo‘l olgan barcha jamoalar va ularning raqiblari ma’lum bo‘ldi.

Musobaqaning ushbu bosqichida Angliya Premer-ligasi grandlaridan «Liverpul» va «Manchester Siti» ham ishtirokini davom ettiradi. «Everton» quyi liga jamoasi bilan bellashadi. «Kristal Pelas» va «Sanderlend» juftligi ham yarim final uchun kurashadi.

Angliya Liga kubogi 1/4 final juftliklari:

«Liverpul» — «Bornmut»

«Manchester Siti» — «Bredford Siti»

«Kristal Pelas» — «Sanderlend»

«Flitvud» — «Everton»

Ma’lumot uchun, chorak final uchrashuvlari dekabr oyining o‘rtalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Liga kubogining amaldagi sohibi «Manchester Siti» hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Liga kubogi Angliya Liga kubogi
Bugungi yangiliklar