Live
3
O'zbek

APLning 3 ta top klubi Karlga da’vogarlik qilmoqda

Futbol
30 oktabr, 16:28
Biroq «Bavariya» iqtidorli futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas.
APLning 3 ta top klubi Karlga da’vogarlik qilmoqda
Фото: Getty Images

«Bavariya» yarimhimoyachisi Lennart Karl Angliya Premyer-ligasining bir qator top klublari e’tiborini tortdi. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi xizmatlariga «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirmoqda.

Ayni paytda Karlning transfer qiymati taxminan 60 million yevroga baholanmoqda.

Biroq «Bavariya» iqtidorli futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas. Ammo ingliz klublari uning transferini amalga oshirish mumkin deb hisoblamoqda.

Bu mavsumda Lennart barcha turnirlar doirasida 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Karlning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxiriga qadar tuzilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar