Live
4
O'zbek

Van Deyk Iraolaning o‘yin falsafasiga baho berdi

Futbol
30 oktabr, 15:57
«Liverpul» «Enfild»da «Arsenal»ni qabul qiladi.
Van Deyk Iraolaning o‘yin falsafasiga baho berdi
Фото: Getty Images
01.11.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul - : - Arsenal Arsenal

«Liverpul» sardori Virjil van Deyk jamoa bosh murabbiyi Andoni Iraolaning o‘yin falsafasiga yuqori baho berdi.

«Menimcha, bu o‘yin har qanday jamoa uchun haqiqiy sinovga aylanadi. Raqiblar to‘pni maydonning yuqori qismida olib qo‘yishni istashimizni bilishadi va bizni o‘zlari uchun noqulay hududlarga tortishga harakat qilishadi. Bunday vaziyatlarda o‘yinni to‘g‘ri o‘qiy olish kerak.

Masalan, avvallari Henderson raqibni o‘ziga tortish va ortida bo‘sh hudud hosil qilish uchun chuqurroq pozitsiyaga tushardi. Shunday vaziyatlarda tez qaror qabul qilish — oldinga chiqish yoki o‘z pozitsiyangda qolish kerak. Buning barchasi o‘yinni qay darajada to‘g‘ri o‘qiy olishingga bog‘liq», — deya himoyachining so‘zlarini ESPN nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, «Liverpul» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 31-oktyabr kuni «Arsenal» bilan bellashadi. «To‘pchilar» esa 2-pog‘onada bormoqda. Jamoalar o‘rtasidagi farq olti ochkoni tashkil etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar