Saudiya Arabistoni Pro ligasining 12-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv yakuniga yetdi. «Ash-Shabob» o‘z maydonida «Al-Ahli»ni qabul qildi. Unda mezbonlar 6:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Bellashuvda Karrasco het-trikka erishdi. Jidda klubi 22-daqiqadan boshlab maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Bu vaziyatda mehmonlar kiperi maydondan chetlatilgandi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Ash-Shabob» ochkolari sonini 14 taga yetkazib, 11-o‘rinda bormoqda. «Al-Ahli» esa 21 ochko bilan 6-pog‘onada.
Saudiya Pro ligasi. 12-tur
Ash-Shabob — Al-Ahli 6:1
Gollar: Rikardo 2, 48, Karrasco 25, 66, 82 penalti, Martines 37 – Al Buraykan 40
Ash-Shabob – Diav, Al Tani (Al Xavsavi, 46), Yedvay (Al Shvireh, 62), Al Bulayhi, El Enezi, Braunxill (Al Asmari, 76), Podense, Adli, Karrasco, Martines, Rikardo.
Al-Ahli – Al Sanbi, Balobayd (Sulaymon, 46), Xamed (Abdo Abdulla, 25), Abdurahmon, Ibanes, Gonsalves, Bondarenko (Galeno, 46), Atangana, Trinkau, Al Juhani, Al Buraykan.
Chetlatish: Al Sanbi 22.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi