Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turidan o‘rin olgan «Abha» — «Al Ittihod» o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Dastlab Auar 52-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 87-daqiqada As-Sibya muvozanatni tikladi.
Ushbu natijadan so‘ng «Al Ittihod» 24 ochko to‘plagan holda 4-o‘ringa chiqib oldi. 3 ochkosi bor «Abha» esa turnir jadvalida so‘nggi 18-pog‘onani band etgan.
Saudiya Pro ligasi. 12-tur. 30 oktabr
Abha — Al Ittihod 1:1
Gollar: As-Sibya 87 — Auar 52.
Ogohlantirishlar: Rosier 25, M. Ad Dovsariy 49, Bumedmed 90+3, Ad Dajoniy 90+4.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi