«Milan» klubi amerikalik futbolchi Kristian Pulishich bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
28 yoshli Pulishich yangi kelishuvga ko‘ra, «rossoneri» safida 2031-yil 30-iyunga qadar to‘p tepadi. Qayd etish lozim, u Italiya klubiga 2023-yilning iyul oyida qo‘shilgan.
Shundan buyon Kristian «Milan» safida 142 ta uchrashuvda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 28 ta assist amalga oshirdi.
Ushbu mavsumda vingер barcha musobaqalarda sakkizta o‘yin o‘tkazdi. Bu uchrashuvlarda Pulishich ikki bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va yana bir golli uzatma muallifi bo‘ldi.
U yangi mavsumni ham gol va assistlar bilan boshladi. Shartnomaning uzaytirilishi amerikalik futbolchining Milan klubidagi faoliyatini yana bir necha yil davom ettirishini anglatadi.
Avvalroq «Milan» va «Inter»ning yangi stadioni nomi e’lon qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi