Bugun Superliganing 26-turi boshlandi. Zominda «So'g'diyona» klubi «Buxoro»ni qabul qildi.
Mehmonlar o'yin davomida hisobda oldinda borishdi, qator vaziyatlarga ham ega bo'ldilar. Biroq so'nggi daqiqada gol o'tkazib yuborib, tayyor g'alabadan mahrum bo'lishdi va uch ochko o'rniga bir ochkoga ega bo'ldilar.
Alamli o'yindan keyin buxoroliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida shunday dedi:
— Shunchalik ko'p vaziyatlar yaratib, 90-daqiqada burchak to'p tomonidan gol o'tkazib yuborish, albatta, juda alamli. Hozir hissiyotlar jo'sh urmoqda. Buni qanday baholashni ham bilmayman. Ehtimol, bu biz uchun bir saboqdir. Bu vaziyatdan ijobiy xulosa chiqarishimiz kerak. Buni tajriba sifatida qabul qilamiz.
Albatta, mening nazarimda, bu juda afsuslanarli holat. Chunki bizda yaqqol ustunlik bor edi. Yana bir bor ta'kidlayman, o'yin davomida raqibdan mutlaq ustunlikka ega bo'ldik, ammo shunga qaramay, ikki ochkoni yo'qotdik», — deya Aleksandr Andreyevichning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Aleksandr Xomyakov: «Oxirida gol o'tkazib yuborish juda alamli»
Eksklyuziv
30 oktabr, 13:05
«Buxoro» bosh murabbiyi «So'g'diyona»ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Foto: PFC Bukhara
30.10.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
So'g'diyona
1
:
1
Buxoro