«Paxtakor» klubi Urganchda «Xorazm»ga qarshi bellashuvda qiyin o‘yin o‘tkazdi va shunga yarasha g‘alabaga ham qiyinchilik bilan erishdi. Oxirgi daqiqalarda urilgan yagona gol mehmonlarga qimmatli uch ochkoni keltirdi.
Bahsdan keyin «Paxtakor» ustozi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
- O‘yinga keladigan bo‘lsak, yaxshi, qiziqarli, hujumkor uchrashuv bo‘ldi. Ko‘p vaziyatlar yaratildi. Biz ancha yo‘l yurdik. Har 3 kunda o‘ynayapmiz. Futbolchilarda biroz toliqish bor. Shunga qaramasdan borini berib oxirigacha kurashyapti. O‘yinchilarga katta rahmat. Bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.
- Raqib posboni Umidjon Ergashev haqida nima deya olasiz?
- 4 ta 100 foizli vaziyatni olib chiqdi. Bu darvozabon bo‘lmaganida hisob kattaroq bo‘lishi ham mumkin edi. Yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. «Xorazm» jamoasi ham ajoyib o‘ynadi. Ular yopilib futbol o‘ynamaydi, yaxshi o‘yin ko‘rsatishadi. Biz ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik.
- «Paxtakor» chempionlik uchun oxirigacha kurashadimi?
- Albatta. Har o‘yinda g‘alaba qozonib, bu yog‘i Xudodan», - deya Tojiyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Kamoliddin Tojiyev: «Darvozada Ergashev bo‘lmaganida hisob yirikroq bo‘lishi mumkin edi»
Eksklyuziv
30 oktabr, 13:45
«Paxtakor» bosh murabbiyi «Xorazm»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Foto: FC Pakhtakor
30.10.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Xorazm
0
:
1
Paxtakor Toshkent