Live
3
O'zbek

Medvedev ATP-2026 Yakuniy turniri yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Tennis
30 oktabr, 12:08
Dunyoning beshinchi raketkasi Yakuniy turnirda ishtirok etadi.
Medvedev ATP-2026 Yakuniy turniri yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Foto: Gettyimages

Dunyoning beshinchi raketkasi, rossiyalik tennischi Daniil Medvedev ATP final turniriga yo‘llanma oldi. Bugun, 30 oktabr kuni u Vena shahrida fransiyalik Adrian Mannarinoni (reytingda 73-o‘rin) 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etib, «ATP 500» musobaqasi yarimfinaliga chiqdi.

Bu g‘alaba Daniilga Final turnirining to‘rtinchi ishtirokchisi bo‘lish imkonini berdi. U Aleksandr Zverev, Karlos Alkaras va Ben Sheltondan keyin yo‘llanmani qo‘lga kiritgan tennischiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Medvedev so‘nggi sakkiz mavsumning yettitasida Final turniriga yo‘llanma oldi.

Ushbu mavsumda rossiyalik tennischi Brisben, Dubay, Xanchjou va Olmaotada sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Ayni paytda u ATP chempionligi poygasida 3860 ochkoga ega.

Bugungi yangiliklar