Bugun
33
O'zbek

Messi Argentina klubiga o‘tishga yaqin — manba

Futbol
30 oktabr, 00:35
    27
39 yoshli hujumchi 2027-yil yanvarida bolalikdagi jamoasi safiga qo‘shilishi mumkin.
Messi Argentina klubiga o‘tishga yaqin — manba
Foto: Getty Images

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi o‘zining bolalikdagi jamoasi — «Nyuells Old Boyz» klubiga o‘tishga juda yaqin. U Argentina klubiga o‘tishga «hech qachon bunchalik yaqin bo‘lmagan», deb xabar beradi Estadio 3.

Manbaga ko‘ra, 39 yoshli hujumchi 2027-yil yanvar oyidayoq jamoasini o‘zgartiradi.

Messining mayamiliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil dekabr oyining oxiriga qadar mo‘ljallangan. Argentinada yangi futbol mavsumi esa 2027-yil yanvar oyining oxirida boshlanadi.

Messi 2023-yil yozidan buyon «Inter Mayami» safida to‘p tepib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida hujumchi barcha musobaqalarda 122 ta bahsda ishtirok etib, 106 ta gol va 58 ta assistni o‘z hisobiga qayd etgan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Newell's Old Boys Newell's Old Boys
  • Inter Miami CF Inter Miami CF
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

27 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar