AQShning Sent-Luis shahrida o‘tkazilgan Clutch Chess Champions Showdown turniri Javohir Sindarovning g‘alabasi bilan yakunlandi!
Uch kun davom etgan musobaqada Sindarov dunyoning yetakchi grossmeysterlari — Hikaru Nakamura, Fabiano Caruana va Rameshbabu Praggnanandhaa ga qarshi kurash olib bordi. Javohir turnirni jami 20.5 ochko bilan yakunladi.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 425 ming dollarni tashkil etdi. Birinchi o‘rin uchun Javohir 125 ming dollar asosiy mukofotga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, u partiyalardagi g‘alabalari uchun belgilangan pul bonuslarini va chempionga atalgan qo‘shimcha jekpotni ham qo‘lga kiritadi.
Bu Javohirning jahon chempionligi uchun Gukeshga qarshi o‘tkazadigan matchidan oldingi so‘nggi turniri bo‘ldi.
Javohir Sindarov — Clutch Chess Champions Showdown turniri g‘olibi
Boshqalar
29 oktabr, 17:30
3
O‘zbekistonlik grossmeyster g‘alaba evaziga 125 ming dollar ishlab oldi. Yana bonuslar ham bor.
Foto: UzChess
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi