Bugun
31
O'zbek

Teves Skoulzni Ronaldu va Messidan ustun qo‘ydi

Futbol
29 oktabr, 15:35
«MYU» sobiq hujumchisi Ferdinand bilan intervyuda ikki yarim himoyachini e’tirof etdi.
Teves Skoulzni Ronaldu va Messidan ustun qo‘ydi
Foto: Getty Images

Karlos Teves «Manchester Yunayted»da ikki yil birga o‘ynagan Pol Skoulzdan katta taassurot olganini aytdi.

— Hujumdagi uchlikni eslasak: sen, Ronaldu, Runi, keyin esa Berbatov ham qo‘shilgan... Tezkor savol: Pol Skoulzmi yoki David Silvami?

— Skoulz. Men uchun u — eng yaxshi futbolchi.

— Lekin sen Ronaldu, Messi bilan ham birga o‘ynagansan-ku...

— Yo‘q, men uchun — Skoulz. Mashg‘ulotlarni eslaysanmi? U hech narsa demasdi, umuman gapirmasdi. Ammo to‘p bilan birinchi harakati... Mashg‘ulotlarda doim bir xil holat bo‘lardi: pas, pas, pas.

Men uchun u — eng zo‘ri. Andrea Pirlo va Pol Skoulz
, — dedi «Manchester Yunayted» va «Yuventus»ning sobiq hujumchisi Rio Ferdinandga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar