«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Brunu Fernandeshning jamoa sardori bo‘lib qolishini tasdiqladi.
Avvalroq portugaliyalik futbolchi Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 3-turidan o‘rin olgan «Komo»ga (1:4) qarshi kechgan bahsda jamoa taktikasini tanqid qilgandi. Shundan so‘ng u Angliya Premyer-ligasining 8-turi doirasidagi «Bornmut»ga (0:3) qarshi o‘yinni to‘liq zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
Seshanba kuni Kerrik va Brunu klub bazasida uchrashib, yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritishdi.
«Biz hozir jamoa va klubdagi vaziyat qanday ekanini tushunib turibmiz. Avval ham aytganimdek, Brunu — bu jamoa uchun juda muhim futbolchi. Avval ham shunday bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Ochiq gaplashadigan bo‘lsak, biz nimanidir o‘zgartirishimiz va vaziyatni to‘g‘ri yo‘nalishga burishimiz kerak.
U bu klubga butun qalbi bilan sodiq va vaziyatni tuzatishga qat’iy bel bog‘lagan. Uning bildirgan fikrlari hech narsani o‘zgartirmaydi. U uzoq yillar davomida juda ko‘p o‘yinlarda jamoaning ajoyib sardori bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi», — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi BBC.
Kerrik: «Fernandesh «MYu» sardori bo‘lib qoladi»
Futbol
29 oktabr, 12:50
3
Mankunianliklar ustozi portugaliyalik yarimhimoyachining jamoadagi o‘rni haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi