«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoada kuzatilayotgan jarohatlar bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, yuqori saviyadagi futbolda jarohatlardan butunlay qochish qiyin.
«Biz vaziyatni imkon qadar nazorat qilishga intilamiz. Jarohatlar har doim ishimizning muhim qismi bo‘lib kelgan. Ayrim futbolchilar boshqalarga qaraganda tez-tez jarohat olishadi va buni nazorat qilish qiyin.
Jarohatlar sonini imkon qadar kamaytirish uchun mashg‘ulotlardagi yuklamalarni to‘g‘ri taqsimlashga harakat qilamiz. Biroq jarohatlar yuqori saviyadagi futbolning bir qismidir», — dedi Enrike.
20-oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida «Barselona»ga qarshi kechgan va «PSJ»ning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bahsda Usmon Dembele hamda Xvicha Kvaratsxeliya jarohat olgandi.
Fransiyalik hujumchi sonidan jarohat olgan bo‘lsa, gruziyalik futbolchida o‘ng tizzaning xochsimon boylami uzilishi aniqlangan.
Ma’lumot uchun, «PSJ» 30-oktyabr kuni Fransiya chempionati doirasida «Gavr» mehmoni bo‘ladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.