Live
2
O'zbek

Dragan Cheran «Andijon»ni tark etdi

Futbol
29 oktabr, 12:10
    24
Superliganing 6 karra to‘purari mavsum yakunlanmasidan «burgutlar» bilan xayrlashdi.
Dragan Cheran «Andijon»ni tark etdi
Foto: FC Andijon

Hujumchi Dragan Cheran mavsum yakunlanmasidan «Andijon» bilan xayrlashdi.

«Ziga-zaga, rahmat», — deb yozdi 39 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Serbiyalik forvard oxirgi bor 15 oktabr kuni Superliga doirasida «Qizilqum»ga (0:1) qarshi bahsda maydonga tushgan, shundan so‘ng «burgutlar»ning ikki o‘yinida qaydnomaga ham kiritilmagandi.

Cheran bu mavsumda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Hujumchi 2016-yildan beri O‘zbekiston chempionatida o‘ynab kelardi. U faoliyatining asosiy qismini «Paxtakor» va «Nasaf»da o‘tkazgan, 6 bor Superliga to‘purari bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

24 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar