UFC’ning yarim yengil vazn toifasida (65 kilogrammgacha) amaldagi chempioni, avstraliyalik Aleksandr Volkanovski o‘z kamari uchun keyingi da’vogar haqida fikr bildirdi.
«Men Silvani yoqtiraman, Aljameyn Sterlingni ham… Ammo Aljameyn yana bitta jangda g‘alaba qozonsa, u chempionlik jangiga ko‘proq loyiq bo‘ladi, deb hisoblayman. Kim ko‘proq loyiq, degan savolga javob beradigan bo‘lsam, aynan Aljoni tanlayman.
U keyingi da’vogar bo‘ladimi? Ikkalasi ham da’vogar. Har ikkisi ham chempionlik jangida ishtirok etish imkoniyatiga ega. Ammo kim ko‘proq loyiq ekanini so‘rasangiz, bu — Aljo. Chunki u Kevin Valexos kabi xavfli raqibga qarshi jang qilishga rozi bo‘ldi», — dedi Volkanovski The Ariel Helwani Show podkastida.
Volkanovski uning chempionlik kamari uchun navbatdagi da’vogarni aytdi
Boshqalar
29 oktabr, 12:32
Avstraliyalik chempion ikki jangchiga to‘xtaldi.
Foto: Getty Images