«Barselona» Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida «Alaves»ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kataloniyaliklar himoyachisi Jyul Kunde esa payshanba kuni jamoaning umumiy guruhida mashg‘ulot o‘tkazmadi.
BarcaUniversal jurnalist Aleks Pintanelga tayanib xabar berishicha, hafta boshida futbolchining maydonga tushishi borasida optimistik taxminlar bildirilganiga qaramay, Kunde «Alaves»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Alaves» o‘rtasidagi bellashuv 31-oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan bahs 1-noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, «Barselona» La Liga turnir jadvalida 10 turdan keyin 27 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.