Live
3
O'zbek

Sancho «Xetafe» taklifini rad etdi

Futbol
28 oktabr, 10:57
«MYU» sobiq vingeri faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirmoqchi.
Sancho «Xetafe» taklifini rad etdi
Foto: Getty Images

Jeydon Sancho «Xetafe»ga o'tmaydi.

Avvalroq Ispaniya klubi erkin agent maqomida bo'lgan, «Manchester Yunayted»ning sobiq vingeri bilan muzokaralar olib borayotgani ma'lum bo'lgandi. Biroq Marca nashrining yozishicha, bugun — 28 oktabr kuni angliyalik futbolchi «Xetafe» prezidenti Anxel Torresga jamoaga qo'shilmasligini ma'lum qilgan.

Manbaga ko'ra, Sancho mavsum oxirigacha taxminan 3 million yevro ishlab topishni istagan. Angliya ommaviy axborot vositalari «Xetafe» unga 400 ming yevro maosh taklif qilgani haqida yozishgan. Ammo bu ma'lumot haqiqatga to'g'ri kelmaydi: klub futbolchiga ancha yuqori maosh to'lashga tayyor bo'lgan, biroq ularning taklifi baribir Sanchoning moliyaviy talablariga mos kelmagan.

Jeydonda Saudiya Arabistoni klubidan taklif bor. Ushbu jamoa futbolchining moliyaviy talablarini qondirishga tayyor.

O'tgan mavsumda Sancho «Aston Villa»da ijara asosida o'ynagan va Angliya Premyer-ligasidagi 23 ta bahsda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar