Live
18
O'zbek

YKL. Behruz Karimov maydonga tushgan bahsda «Lugano» safarda «Xetafe»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
22 oktabr, 15:13
    2
Shveytsariyaliklar 6 ochko bilan umumiy turnir jadvalida 2-o‘rinda.
YKL. Behruz Karimov maydonga tushgan bahsda «Lugano» safarda «Xetafe»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Getty Images
22.10.2026 FT Konferensiyalar ligasi Xetafe Xetafe 2 : 5 FC Lugano FC Lugano

Konferensiyalar ligasi umumiy bosqichining 2-turida «Lugano» klubi safarda «Xetafe»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi.

Bahsning 2-daqiqasida Ivan Ason mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq «Lugano» Albian Ayetining dubli va Yanis Siminyanining goli evaziga tanaffusga 3:1 hisobidagi ustunlik bilan yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda Uran Bisl im i mehmonlarning 4-golini kiritdi. «Xetafe» safida Borxa Mayoral hisobni qisqartirgan bo‘lsa, Kevin Berens yakuniy natijani o‘rnatdi — 5:2.

Uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Bu g‘alabadan so‘ng shveytsariyaliklar 6 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Konferensiyalar ligasi. 2-tur
Xetafe – Lugano 2:5
Gollar:
Ason 2, Mayoral 74 – Ayeti 3, 26, Siminyani 7, Bisl im i 50, Berens 90+2

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
  • FC Lugano FC Lugano
  • Konferensiyalar ligasi Konferensiyalar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar