Shveysariya kubogining 1/16 final bosqichida «Lugano» safarda «Puli»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
5-daqiqada Markes hisobni ochdi. 16-daqiqada Eldin Alioski penaltidan gol urdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 5-daqiqada Kelvin uchinchi golni kiritdi. 56-daqiqada Markes dubl qayd etib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov 80-daqiqada Markes o‘rniga maydonga tushdi.
Shveysariya kubogi. 1/16 final
Puli — Lugano 0:4
Gollar: Markes 5, 56, Alioski 16 (pen), Kelvin 45+5.
Lugano: Ballmos, Kelvin, Alioski, Kenduchi, Bichsel, Bekhem Kastro, Pihlstryom (Ajdin, 57), Markes (Karimov, 80), Moncada (Ajeti, 72), Zanotti (Karbone, 56), Behrens.