Turkiya chempionatining 8-turida «Bashakshehir» o‘z uyida «Gaziantep» bilan o‘ynaydi.
21:00 da boshlanadigan bahsda istanbulliklar safida O‘zbekiston milliy jamoasining sardori Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushadi. Abbos Fayzullayev esa bahsni zaxiradan boshlaydi.
Turkiya Superligasi. 8-tur.
Bashakshehir — Gaziantep.
18 oktabr, «Basaksehir Fatih Terim Stadium».
Bashakshehir — Muhammad, Karbovnik, Emin, Ba, Harebashvili, Kemen, Kaluzinski, Olsen, SHOMURODOV, Brnich, O‘mut.

Foto: Istanbul Basaksehir
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi